Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pastdarg‘omda “1000 ta jo‘ja boqib, kambag‘allikdan qutulgan yigit” mahalla raisining o‘g‘li, tuman prokurori esa shu “spektakl” mualliflaridan biri bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgandi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Qo‘qoni” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman mahalla hamda aholi vakillari ishtirokida 9-avgust kuni bu masala bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Uchrashuvda “Kun.uz”da e’lon qilingan “Qo‘qoni” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunovning mahalladagi kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam namunasi sifatida o‘z uyida boqilayotgan 1000 dona jo‘jani hamda kambag‘al oila vakili sifatida o‘z o‘g‘li – Doston Tirkashevni ko‘rsatgani bayon etilgan maqolada ko‘tarilgan masalalar o‘rganilib, muhokama etilgan.

Rahmat Mamatov bu haqida o‘z fikrini bildirib, vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik qilgan har bir mas’ul xodimga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini aytib o‘tdi.

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Uchrashuvda “Qo‘qoni” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Shuningdek, Pastdarg‘om tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M. Sanaqulovaga o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun hayfsan intizomiy jazo chorasi berilgan.

Avvalroq Bosh prokuratura “1000 ta jo‘ja spektakli” bo‘yicha munosabat bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi