Daryo

Sirdaryoda Nexia katta tezlikda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi

YTHga tezlikni me’yoridan oshirish sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish59 600 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Nexia rusumli avtomobil tezlikni oshirishi natijasida YTHga uchradi, deb xabar bermoqda IIV YHXBB.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 7-sentabr kuni soat 00:50 larda, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani IIB navbatchilik qismiga xabar tushgan. Unga ko‘ra, Mirzaobod tumani “Mirzacho‘l” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-18A avtomobil yo‘lining 1-kilometrida haydovchi 1994-yilda tug‘ilgan T.M. Nexia-3 avtomobilida tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, yo‘lning burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan.

Foto: YHXBB

Avtomobilning beton to‘siqqa urilib, ag‘darilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi T.M. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB
Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar