Daryo

Samarqandda 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yubordi. Bola voqea joyida vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish50 990 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Samarqand viloyatida 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yuborib uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea 7-sentabr kuni soat 15:00 larda, Samarqand viloyati, Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy, ichki avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 19 yoshli haydovchi Sh.M. Lacetti’ni boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 7 yoshli S.S.ni urib yuborgan.

Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

YTH yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar