Amerika kantri-pop qo‘shiqchisi Teylor Svift eng ko‘p tinglanadigan qo‘shiqchi ayollardan biriga aylandi. Yulduz Uitni Xyustonning nufuzli Billboard 200 xit-paradidagi muvaffaqiyatini takrorladi. Xonandaning “Folklore” albomi olti haftadan buyon birinchi o‘rinni egallab kelmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
30 yoshli Svift avval boshqa taronalari bilan 46 hafta davomida Billboard 200 xit-paradining eng yuqori pog‘onalarida bo‘lgan. Xuddi shunday natijaga Uitni Xyuston erishgan edi.
Ikkinchi o‘rinni esa Britaniya qo‘shiqchisi Adel egallab turibdi. Uning albomi Billborad 200’dagi o‘z o‘rnini 34 haftadan beri band qilmoqda.