Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Stunter Jonny taxallusi ostida tanilgan britaniyalik 28 yoshli kaskadyor va stant-rayder Jonni Devis mototsikl orqa g‘ildiragida harakatlanish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Tryukning o‘ziga xosligi — haydovchi mototsiklning o‘rindig‘iga emas, balki yoqilg‘i bakiga o‘tirib, oyoqlarini rulning oldiga o‘tqazib haydagan, deb xabar beradi Motor.

Foto: New

Foto: New

Rekord Shimoliy Yorkshir grafligidagi Elvington sobiq aerodromida o‘tkazilgan Motorcycle Wheelie World Championship tadbiri doirasida o‘rnatilgan. Devis foydalangan usul stant-rayding olamiga tegishli — maxsus tayyorlanib, modifikatsiyaga uchragan mototsikllarda tryuk bajarish. Uni bajarishda rayder yoqilg‘i bakiga o‘tirib, oyog‘ini rul ustiga osiltirib oladi. O‘z navbatida og‘irlik g‘ildiraklarga taqsimlangani sabab bu boshqaruvga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Devis soatiga 175,7 kilometr tezlik bilan kamida 200 metr masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Rayder ushbu xavfli tryukni Suzuki GSX-R1000 R3 sportbaykida amalga oshirgan.

Bundan oldingi rekord 2008-yilda Enda Rayt tomonidan o‘rnatilgan (173 km/soat), biroq Devisning natijasi hozircha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilmagan. Rayder o‘z natijasini yanada yaxshilashiga ishonmoqda — mashg‘ulotlarda u xuddi shu tryukni soatiga 196 kilometr tezlikda bajarishga erishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?