Buyuk Britaniyada dunyoda eng g‘alati dunyo rekordi o‘rnatildi — ekstremal bayker mototsiklda boshida turgan holda soatiga 122,5 kilometr tekzlikda haydadi, deb yozmoqda “Motor“.

Foto: Videodan lavha

Poyga Shimoliy Yorkshirdagi Elvington aeroportida bo‘lib o‘tgan. Poygachining eng yuqori tezligi soatiga 122,5 kilometr bo‘lgan. Taqqoslash uchun, undan avvalgi rekordchi soatiga 48 kilometr tezlikda haydagan.

Yangi rekord egasi o‘zining YouTube kanaliga video joylagan. Uning aytishicha, poygaga tayyorgarlik uchun salkam bir yarim yildan ko‘proq vaqt ketgan. Bayker muhandis-robototexnik bo‘lib ishlaydi. Mototsikl poygasi esa shunchaki hobbi.