Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok ijtimoiy tarmog‘ini mamlakat hududida taqiqlash niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u bu boradagi tegishli qarorni qabul qilishi mumkin — masalan, ijroiya buyrug‘ini chiqarish yoki favqulodda iqtisodiy vakolatlardan foydalanish.

Shuningdek, Tramp biror-bir Amerika kompaniyasining TikTok’ni sotib olishini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan.

Ta’kidlanishicha, hozirda Trampning taqiq o‘rnatishga vakolati yetish yoki yetmasligi, u qanchalik tez amalga oshirilishi hamda bunga qarshi qanday chora ko‘rilishi mumkinligi noma’lum.

Avvalroq Microsoft Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Reuters’ning ma’lum qilishicha, ByteDance TikTok’ning Amerika bo‘linmasidagi barcha ulushini Microsoft’ga sotishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida investorlar TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi