Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 38-turidan o‘rin olgan 1-avgust, shanba kuni o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Twitter

Muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygan “Yuventus” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qildi. Dastlab turinliklar Gonsalo Iguainning 5-daqiqadagi goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Biroq rimliklar bunga Diyego Perottining dubli va Nikolo Kalinichning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi o‘rin uchun kurashayotgan “Atalanta” va “Inter” jamoalari so‘nggi turda o‘zaro bahsga kirishdi. 2-daqiqada milanliklar Danio D`Ambrozioning golidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Eshli Yang ikkinchi golni urdi.

“Milan” esa “Kalyari”ni mehmon qilib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi. 10-daqiqada mehmonlar himoyachisi Ragnar Klavan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Zlatan Ibragimovich va Samu Kastilyexo tomonidan kiritilgan to‘plardan so‘ng hisob yirik ko‘rinish oldi.

Shuningdek yana bir markaziy o‘yin “Napoli” va “Latsio” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda neapolliklar g‘alabaga erishdi. Fabian Ruis, Lorenso Insinye va Matteo Politanoning gollariga Rim shahri klubi Chiro Immobilening kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Musobaqa jadvalining yuqori qismi quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: Twitter

A Seriya

38-tur bahslari

1-avgust, shanba

“Yuventus” — “Roma” 1:3

Gollar: 1:0 – 5 Iguain, 1:1 – 23 Kalinich, 1:2 – 44, penalti Perotti, 1:3 – 52 Perotti.

“Yuventus”: Shchensni (Pinsolyo, 72), Bonuchchi (Demiral, 51), Rugani, Danilo, Frabotta, Matyuidi, Rabo (Remzi, 51), Zanimakya, Muratore, Bernardeski (Oliveri, 72), Iguain (Vrioni, 79).

“Roma”: Fuzato, Zappakosta, Smolling, Rojer (Jezus, 56), Kalafyori (Bruno Peres, 60), Zaniolo (O‘nder, 56), Vilyar, Perotti (Klyuyvert, 73), Kristante (Santon, 56), Fasio, Kalinich.

Ogohlantirishlar: Rugani (21), Smolling (40), Perotti (45), Kristante (54), Fasio (90).

“Atalanta” — “Inter” 0:2

Gollar: 0:1 – 1 D`Ambrozio, 0:2 – 20 Yang.

“Atalanta”: Gollini (Sportello, 5), Kastan (Xatebur, 61), Gimshiti, Toloi, Gosens, Gomes (Da Riva, 90), de Ron, Pashalich (Muriel, 61), Froyler (Malinovskiy, 61), Kaldara, Sapata.

“Inter”: Handanovich, Yang (Mozes, 90), Bastoni (Shkrinyar, 77), Godin, D`Ambrozio (Biragi, 77), Brozovich, Galyardini, Barella (Eriksen, 90), de Vrey, Lukaku, Martines (Sanches, 71).

Ogohlantirishlar: de Vrey (23), Gimshiti (25), Toloi (44), Brozovich (56), Handanovich (86).

“Milan” — “Kalyari” 3:0

Gollar: 1:0 – 10, avtogol Klavan, 2:0 – 55 Ibragimovich, 3:0 – 57 Kastilyexo.

“Napoli” — “Latsio” 3:1

Gollar: 1:0 – 9 Fabian Ruis, 1:1 – 22 Immobile, 2:1 – 54, penalti Insine, 3:1 – 90+2 Politano.

“Breshiya” — “Sampdoriya” 1:1

Gollar: 0:1 – 41 Leris, 1:1 – 49, penalti Torregrossa.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!