Xitoyning Xiaomi kompaniyasi zamonaviy smartfonni to‘liq simsiz naushniklar bilan birlashtirish usulini o‘ylab topdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Xiaomi’ning yangi patentida yuqori qismiga naushniklar uchun ikkita razyom mavjud smartfon tasvirlangan. Bu to‘liq simsiz naushniklar bo‘lib, alohida keysda emas, balki smartfonning o‘zida saqlanadi va quvvatlanadi.

Dizayni jihatidan bu Galaxy Note smartfonlar lineykasidagi stilusga o‘xshab ketadi. Naushniklar qurilma yuqori qismini to‘liq yopadi — naushnik ustiga bosilsa, u korpusdan chiqadi. Naushniklarning yuqori qismi aylangani sabab smartfonga to‘liq “yashirina oladi”.

Shunday qilib, Xiaomi bir vaqtning o‘zida bir necha muammoni hal etmoqda — naushniklarni alohida quvvatlantirish va ularni alohida keysda ko‘tarib yurish shart emas. Ularni esdan chiqarib qoldirish yoki yo‘qotib qo‘yishning ham ehtimoli kam.

Xiaomi bu turdagi smartfonni rostdan ham ishlab chiqarishadimi yoki yo‘q — bu noma’lum. Kelajakda patent amalga oshirilmagan g‘oya sifatida ham qolib ketishi mumkin.

Avvalroq Xiaomi qurilma ekrani o‘z korpusi atrofida deyarli to‘liq “aylanadigan” noodatiy dizaynga ega yangi smartfon yaratish ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.