Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari nuqsonlarini qidirish uchun uning bepul partiyasini ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Security Research Device gadjetlar partiyasi qurilma nuqsonlarini qidirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.Xakerlar uchun mo‘ljallangan iPhone tizim fayllariga oson kira oladi, bu esa kamchiliklarni qidirishni optimallashtiradi. Kiberxavfsizlikni testdan o‘tkazish dasturi ishtirokchilariga gadjet bepul taqdim etiladi.
Ta’kidlash kerakki, Apple qurilmadagi nuqsonlarni aniqlab, bu haqda ma’lum qilgan xakerlarga million dollargacha pul to‘laydi.
Apple Security Bounty dasturida barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Mutaxassislar buning uchun ariza berishi va 2021-yilgi dasturni ko‘rib chiqishlarini kutishi kerak. Apple’ning sobiq xodimlari ham bunda qatnasha oladi, biroq ular kompaniyada bir yildan oshiq ishlay olmaydi.
Dasturda ishtirok etuvchilarning Apple Developer dasturida akkaunti va nuqsonlarni qidirish bo‘yicha yaxshigina tajribasi bo‘lishi kerak. Shuningdek, nomzod AQSh sanksiyalariga kiritilmagan mamlakatda yashashi va voyaga yetgan bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Google kompaniyasi iPhone qurilmalariga amalga oshirilgan eng yirik xakerlik hujumi haqida ma’lum qilgan edi.
Mavzuga doir: Yuz millionlab iPhone’larni buzish imkoni topildi
Izoh (0)