• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nodira Qodirovaning Anqaradagi sirli o‘limi Turkiyada yana esga olindi

    2019-yil 23-sentabrda Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning Anqaradagi uyida vafot etgan Nodira Qodirova ishi va prokuraturaning gumonlanuvchini sudga tortmaslik to‘g‘risidagi qarori 24-iyul kuni Unalning Avliyo Sofiya masjididagi namozdan so‘ng qoldirgan tviti tufayli yana kun tartibiga chiqdi.

    Avliyo Sofiyani yangidan masjid sifatida ochilishi doirasida bo‘lib o‘tgan Juma namozida qatnashgan Unal masjidning taklif qilingan mehmonlargina kirishi mumkin bo‘lgan ichki qismida tushgan fotosuratini ilova qilgan holda “Avliyo Sofiya masjididamiz. Buni nasib aylagan Allohga shukrlar bo‘lsin. Rais (Erdo‘g‘on) boshchiligidagi mehnati singan barchadan Alloh rozi bo‘lsin. #Juma muborak bo‘lsin”, deya Twitter’da yozuv qoldirgan.

    https://twitter.com/SIRIN_UNAL/status/1286592442138013697

    Unalning bu tvitiga jurnalistlar, advokatlar, inson huquqi himoyachilari va boshqa foydalanuvchilar #NadirayaNeOldu (Nodiraga nima bo‘ldi?) heshtegi bilan javoblar yozishdi.

    Unalning juma kuni kechqurun yozgan ushbu tviti ostiga yozilgan izohlar soni 20 mingdan oshdi. 5 mingdan ortiq kishi esa mazkur heshteg bilan retvit qildi. Natijada #NadirayaNeOldu heshtegi Twitter’dagi trendlardan biriga aylandi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri esa keskin ruhda “Qotillarning duosi qabul bo‘lmaydi”, deya izoh qoldirgan.

    “Hisob bermaguncha so‘rashda davom etamiz! Nodira Qodirova Shirin Unalning uyida o‘lik holda topildi, barcha shubhalarga qaramay, samarali tergov o‘tkazish o‘rniga gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortmaslik to‘g‘risida qaror qilindi. Jim bo‘lib qolayotganimiz yo‘q, adolatning etagini qo‘yib yubormaymiz!”, — degan boshqa bir foydalanuvchi.

    “Avliyo Sofiya muhojir bir ayol-ishchining deputatning uyida tag‘in aynan o‘sha deputatning qurolidan o‘q uzilishi natijasida o‘lim topganini ham pardalay oladimi?”, — deya savol qo‘yilgan yana bir tvitda.

    “Masjidga borganing bilan qilgan ishlaringni yashira olmaysan. Alloh bilib turibdi”, — degan boshqa bir foydalanuvchi.

    “Avliyo Sofiyada faqatgina mozaikalar emas, jinoyat va gunohlar ham pardalandi”, — degan yana biri.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 23-sentabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘onning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etgan.

    Voqea yuz bergan ilk daqiqalardanoq Shirin Unal va uning oilasi Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilganini ta’kidlab kelmoqda. Bu orada u marhumni psixlogik jihatdan nosog‘lomga, shuningdek, tarbiyasi buzuqqa chiqarishga urindi. Qodirovaning oila a’zolari, jumladan, voqea yuz bergan vaqtda Anqarada bo‘lgan akasi Muhammadali Qodirov esa singlisi o‘z joniga qasd qilmagani, balki o‘ldirilganini aytmoqda. Tergov xulosalarida qayd etilishicha, Qodirovaning o‘limida ishlatilgan Baretta rusumidagi qurolda barmoq izlari aniqlanmagan.

    26.07.2020, 19:30   Izoh (0)   125980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 304 ta mobil guruh faoliyat olib bormoqda

    26.07.2020, 18:23

    Aziz Abduhakimov Samarqandda 33 yoshli magistrantning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini aytdi. U sakkiz kun isitmalab, uyida yordam kutgan

    26.07.2020, 18:12

    Farg‘onada karantinda oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirgan 221 nafar tadbirkorga chora ko‘rildi

    26.07.2020, 18:09

    Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ota-onasi bir marta bozorga borib, koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi

    26.07.2020, 17:42

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 mingdan oshdi

    26.07.2020, 17:27

    Toshkentda yetti soat ichida yana 126 kishida koronavirus tasdiqlandi

    26.07.2020, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.