Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i xizmat mashinasida 1997-yilda tug‘ilgan yigitni urib ketdi, deya xabar bermoqda Respublika prokuraturasi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 22-iyul kuni soat 21:40 larda Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.M. o‘ziga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinasini Qorao‘zak tumani “Berdaq” OFY hududidan o‘tuvchi Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir yo‘lida boshqarib ketayotib yo‘lning chetida velosipedda harakatlanib borayotgan Qorao‘zak tumani “S.Kamalov” OFYda yashovchi 1997-yil tug‘ilgan fuqaro N.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro N.A. olgan tan jarohatlari natijasida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda