Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bugun mamlakatimiz moliya sektori zimmasiga xalq farovonligini oshirish va aholining turmish tarzini yaxshilash borasida yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish singari mas’uliyati zalvorli bo‘lgan vazifalar tushmoqda. Ya’ni, shaxsan Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan tijorat banklari aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirish, ularda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish borasida aniq choralar belgilanib, uzoq yillik strategiyalar tasdiqlanmoqda. Ayniqsa banklar, moliyaviy resurslarni davlat yordami va ko‘magisiz, mustaqil jalb qilishlari, buning uchun esa aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushini yanada ko‘paytirish va omonatlarni jalb etish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy etishlari zarurligi qayd etilmoqda.

Ayni shu vazifalardan kelib chiqqan holda, “Turonbank” ATB ham aholining bo‘sh pul mablag‘larini ishonchli himoya qilish va yuqori foizlarda ularni ko‘paytirish ustida tinimsiz mehnat qilyapti. So‘zimizni raqamlar ham isbotlashi mumkin, ya’ni 2020-yil 1-iyul holatiga bankda omonatlar qoldig‘i 644,8 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 286,5 mlrd so‘mga o‘sib, 80 foizga ko‘paygan. Ushbu omonat qoldig‘ining 330.4 mlrd so‘mini milliy valyutadagi va 314.4 mlrd so‘mini esa xorijiy valyutadagi omonatlar tashkil qiladi. Ahamiyatlisi, mazkur hisobot davrida omonat qoldig‘ining 510,7 mlrd so‘mi muddatli omonatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, 2019-yil 1-iyulidan joriy yilning1-iyuligacha bo‘lgan davrda bank 9 954 nafar mijozlardan milliy valyutadagi omonatlarga jami 428,6 mlrd so‘m pul mablag‘larini qabul qilib, ushbu davrda 8 772 nafar omonatchiga 404 mlrd so‘m miqdoridagi muddati kelgan omonatlarni o‘z vaqtida to‘lab bergan. Shuningdek, shu davr ichida 2 425 nafar mijozdan xorijiy valyutadagi omonatlarga 33 mln AQSh dollari jalb qilinib, 1 231 nafar mijozga jami 13,7 mln AQSh dollari miqdoridagi muddati kelgan omonatlar o‘z vaqtida qaytarilgan.

Demakki, “Turonbank” ATBga ishonch bildirib, har oyda oilasi byudjeti uchun qo‘shimcha daromad olayotgan fuqarolarimiz soni talaygina. Bu orqali ular o‘zlari va farzandlarining ehtiyojlarini to‘liq qondirish, ularning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash, salomatliklarini doimiy nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Albatta, bu jarayonlarda moliya muassasasi Prezidentimizning“2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni hamda “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilishda qator ishlarni amalga oshirmoqda. Ayni vaqt 30 ga yaqin milliy va xorijiy valyutadagi jozibador omonat turlari iste’molchilarga taklif etilayotgan bo‘lib, ularning safi doimiy yangilanib bormoqda.

Mana masalan, joriy yilning birgina o‘tgan davri davomida aholiga qulay va manfaatli bo‘lgan milliy valyutada “Yuksalish”, “Shohona onlayn” hamda xorijiy valyutada “Stability”, “Stability online” va “Daromad” muddatli omonatlari amaliyotga joriy qilindi. Mijozlar auditoriyasi tomonidan iliq kutib olingan ushbu omonatlar tezda ommalashdi va odamlarimizning qiziqishini orttirdi.

Ayniqsa, pandemiya davrida uydan chiqmagan holda, masofadan turib onlayn rejimda omonatga mablag‘ joylash mumkinligi, bugungi sinovli kunlarda fuqarolarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Joriy yilning 1-iyul holatiga ayni onlayn tarzda omonat ochgan fuqarolar soni 300 nafarga yetib, ularning jami omonat qoldig‘i7,9 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Yana bir qulaylik - mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin rejimida“Turonbank” ATB tizimida shartnoma asosida muddati tugagan omonatlarni, karantin rejimi tugagunga qadar, mijozlarning bank filiallariga tashrif buyurmasidan bir tomonlama uzaytirish amaliyoti joriy qilindi. Shuningdek, aholi omonatlarining butligini ta’minlash maqsadida bankda omonat va kassa amaliyotlari bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda ishonchli dasturiy ta’minotlarni yaratish bo‘yicha jismoniy shaxs barmoq izlari, yuz tuzilishini yoki uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini biometrik identifikatsiya qiluvchi dasturiy qurilma ishga tushirilganligini ham aytib o‘tish joiz. Bu bo‘yicha Davlatimiz rahbarining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilingan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, “Turonbank” ATB ilg‘or bank biznesini yuritish, ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish, aholi uchun ommabop, jozibador bank xizmatlarini ko‘paytirish, faoliyatda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini taklmillashtirish, eng asosiysi, jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanib, omonatlar jalb qilishga va ularning jozibador turlarini oshirishga harakat qiladi. Oliy maqsad esa xalq roziligiga erishishdir!

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
BMTda Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan jinoyatlarni tekshirishga 19 ta davlat qarshi chiqdi, ular orasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ham bor
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 8-oktabr kuni kechasi harorat 3 darajagacha tushadi
Dunyo
Zaporojyega uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi (foto)