OnePlus kompaniyasi o‘zining yangi OnePlus Nord nomli smartfonini taqdim etdi, deb yozadi Business Insider.

Foto: Business Insider

Ta’kidlanishicha, OnePlus Nord 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va unga Snapdragon 765G protsessori o‘rnatilgan. Gadjet organik yorug‘lik diodli faol matritsaga ega 6,4 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Yangi modelning o‘ziga xosligi oltita kameraga egaligida.

Frontal kameralari 32 va 8 megapikselli obyektivlarga ega, orqa panelidan esa vertikal holatda to‘rtta kamera joylashgan. Smartfonning asosiy kamerasi 48 megapiksellni, qo‘shimcha kamera — 8 Mp, makrokamera — 2 Mp va chuqurlikni o‘lchovchi 5 megapikselli sensorni tashkil etadi.

Foto: Business Insider

Smartfon tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega, bu esa yarim soat ichida batareyaning quvvatini 70 foizga to‘ldirish imkonini beradi.

Yangi modellar ko‘k va kulrang ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, OnePlus Nord’ning eng oddiy versiyasi narxi 399 dollardan boshlanadi.

Foto: Business Insider

Foto: Business Insider

Foto: Business Insider

Foto: Business Insider

Foto: Business Insider