Daryo

Bo‘kada oilaviy mojaro sabab 67 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi

Ayolni profilaktika inspektori qutqarib qoldi

1 daqiqa o‘qish78 326 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 67 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi. Ayolni profilaktika inspektori qutqarib qoldi, deb xabar beradi IIBB axborot xizmati.

Foto: IIBB

Qayd etilishicha, 2020-yil 8-iyul kuni Bo‘ka tumani “Qoraquduq” mahalla fuqarolari yig‘ini profilaktika inspektori katta leytenant Farhod Qulmatov o‘z hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, ushbu mahallada yashovchi 67 yoshli fuqaro M.X. (ayol) o‘zini yoqib yuborayotganini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng inspektor darhol olovni o‘chirish choralarini ko‘radi va fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoladi.

Foto: IIBB

Tuman markaziy shifoxonasi tomonidan fuqaro M.X.ga, I-II darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, katta leytenant Farxod Qulmatov fuqaroni qutqarayotgan vaqtida, uning o‘zida (o‘ng ko‘l sohasi) ham II-III darajali kuyish jarohati borligi shifoxona ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan.

Fuqaro M.X. suhbat davomida, oilasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani va bundan qattiq ranjiganini aytib, o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zini yoqib yuborganini bayon qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazvuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar