Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Tottenhem” 9-iyul, payshanba kuni “Bornmut” maydoniga safar qildi.

Foto: “Tottenhem”

Foto: “Tottenhem”

Uchrashuv o‘rtacha tempda o‘tdi va xavfli vaziyatlarga u qadar boy bo‘lmadi. Shunga yarasha darvozalar ham dahlsiz qoldi. E’tiborlisi, Joze Mourinyo shogirdlari o‘yin davomida raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi. Asosiy vaqt yakunlanishi arafasida mezbonlar hisobni ochgandi, biroq hakam videotakrorlardan so‘ng golni bekor qildi.

Shu tariqa “Tottenhem” 49 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. “Bornmut” (28) esa 18-pog‘onada bormoqda.

Parallel o‘yinda “Everton” o‘z uyida “Sauthempton”ni qabul qildi. Denni Ingsning 31-daqiqadagi goliga maydon egalari birinchi bo‘lim so‘nggida Risharlisonning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

APL

34-tur bahslari

9-iyul, payshanba

“Bornmut” — “Tottenhem” 0:0

“Bornmut”: Remsdeyl, Smit (Steysi, 63), Riko, Ake, Kelli, Lerma, Stanislas, Gosling, Bruks (Uilson, 66), Uilson, King.

“Tottenhem”: Lyoris, Vertongen, Devis, Orye (Jedson Fernandesh, 90), Alderveyreld, Lo Chelso (Ndombele, 46), Uinks, Lamela, Sissoko (Lukas Moura, 75), Bergveyn (Son Hyon Min, 46), Keyn.

Ogohlantirishlar: Sissoko (31), Lerma (31), Ndombele (87), Gosling (87), Uilson (90).

“Everton” — “Sauthempton” 1:1

Gollar: 0:1 – 31 Ingz, 1:1 – 43 Risharlison.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi