Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-sonli shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-sonli tug‘ruq kompleksida 2 nafar, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-sonli Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shuningdek, 8-iyulda Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida jami 77 nafar bemor sog‘aygan.

8-iyul kun davomida jami 249 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi bo‘yicha avvalgi rekord 3-iyulda qayd etilgan va shu kuni 217 nafar bemor COVID-19’dan tuzalgandi.

Shu tariqa 8-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 7060 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 2020-yil 8-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 144 kishiga ko‘payib, 10 982 nafarga yetgan, koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni esa 44 nafarni tashkil qilmoqda.