Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFС’ning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji Abdulmanap Nurmagomedovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Foto: UFC

Foto: UFC

“Afsonaviy Abdulmanap Nurmagomedov haqidagi yangilikni eshitish dahshatli. Habib, men judayam afsusdaman.

Otang sen uning merosini munosib himoya qilishingni bilib, yuragi g‘ururga to‘lgan holda hayotdan ko‘z yumdi”, – deb yozgan Getji Twitterda’gi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang 2020-yilning sentabr oyida Abu-Dabidagi UFC 253 musobaqasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasida may oyida koronavirus aniqlangandi. Avvalroq Habib koronavirus ortda qolgani, biroq otasining ahvoli og‘ir ekanini aytgandi. 3-iyul kuni esa katta Nurmagomedov hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumot uchun, Abdulmanap Nurmagomedov 1962-yil 10-dekabrda Dog‘istonda tug‘ilgan. Dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. Jangovar sambo bo‘yicha Dog‘iston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi