UEFA tashkiloti Chempionlar Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumi taqvimini tasdiqladi. Bu haqida tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Yandex Photos

Unga ko‘ra, musobaqaning saralash bosqichi 8-avgust kuni boshlanadi, guruh bosqich o‘yinlarining starti esa nisbatan kechroq, ya’ni 20-oktabr sanasiga belgilangan.

Keyingi mavsum uchun taqvim quyidagicha:

Saralash bosqichi:

O‘tish raundi — 8 —11-avgust

Birinchi saralash raundi — 18—19-avgust

Ikkinchi saralash raundi — 25—26-avgust

Uchinchi saralash raundi — 15—16-sentabr

Pley-off o‘yinlari — 22—30-sentabr

Guruh bosqichi:

1-tur — 20—21-oktabr

2-tur — 27—28-oktabr

3-tur — 3—4-noyabr

4-tur — 24—25-noyabr

5-tur — 1—2-dekabr

6-tur — 8—9-dekabr

Pley-off:

1/8 final — 16-fevral, 17-mart

1/4 final — 6-aprel, 14-aprel

1/2 final — 27-aprel, 5-may

Final — 29-may (Istanbul).

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi chorak final uchrashuvlaridan boshlab “sakkiz finalchi” tartibida o‘tkaziladi. 12 —23-avgust kunlari Lissabonda o‘tkaziladigan bellashuvlar bir o‘yindan iborat bo‘ladi.