• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqning ahvoli qandayligi haqida ma’lumot olindi

    Samarqand viloyatida 27-iyun kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev birinchi marta kuzatilayotgan ushbu holat bo‘yicha Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

    Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi.

    Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi.
    Foto: “Daryo”

    “Siam egizaklari 200 ming nafar chaqaloqdan bittasida uchraydi. Bunday egizaklarning uzoq vaqt yashaganlari ham bor. Men yurtimizda bunday tug‘ilish haqida eshitmaganman. Aniqrog‘i, 17 yillik faoliyatim davomida bunday tug‘ilishni ko‘rmaganman, – deydi Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi chaqaloqlar anesteziolog-reanimotologi Sobirjon Rahmonov.

    27-iyun kuni Samarqand viloyat perinatal markazida kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan chaqaloq siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlar. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor. Yuragi o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan. Buyraklari esa to‘rtta.

    Foto: “Daryo”

    Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshod Rahmonovning ma’lum qilishicha, ona homiladorligining 16 va 21 haftaligida skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. O‘shanda bolada tug‘ma nuqsonlar borligi haqida aytilgan.

    “Bu juda kam uchraydi. Bir necha yil umr ko‘rganlari, hatto 20-30 yoshga kirganlari ham bor. Har xil turdagi holatlar uchraydi. Bu chaqaloqlar murakkab turdagi siam egizaklari hisoblanadi. Bizdagi chaqaloqning boshchasi ikkita, tanasi to‘liq bitta. Shu sababli yana qo‘shimcha murakkab tekshiruvlarni o‘tkazib, konsultantlar xulosasini olmoqchimiz. Kelajakda chaqaloqni davolash yo‘nalishida ish olib boriladi”, – Dilshod Rahmonov.

    Foto: “Daryo”

    Markazdagi siam egizaklariga qarayotgan mutaxassislarning ma’lum qilishicha, reanimatsiya bo‘limida kuzatuv ostida bo‘lgan chaqaloqning ahvoli yomon emas. Ovqatlanishi, qon aylanish holatlari hozircha yaxshi. Bolada kislorod tanqisligi kuzatilganligi sababli maxsus apparatda saqlab turilmoqda. Mutaxassislar chaqaloqning kelajakda yashab ketishidan umid qilib, qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazmoqda.

    “Chaqaloqning onasi homilador paytda ikki marta 16 va 21 haftalikda skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. O‘sha vaqtda shu holatdagi bola tug‘ilishiga xulosa berilgan. Ota-onalarining talabi, ularning xohishi bilan chaqaloq tug‘ruq jarayonigacha yetib kelgan. Onasida o‘tkazilgan ultratovush tekshiruvida ham bu holat aniqlangan va onasida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq jarayoni yakunlangan”, – dedi Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda chaqaloqning onasi tug‘ruq bo‘limida. Onaning ahvoli yaxshi. Chaqaloqni tekshirish, uni reabilitatsiya qilish maqsadida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga keltirilgan.

    “Bu holat kelib chiqishining omillari ko‘p. Masalan, qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikoh. Onalar yoshi katta bo‘lgan holatdagi tug‘ruqda, ekologik ta’sirlar, radiatsion nurlar, tashqi muhit omillari, genetik holatlar. Homiladorlik paytidagi infeksiyalar, stress holatlar, iqlim, yashash sharoiti. Buning sabablari ko‘p. Biz faoliyatimiz davomida bunaqa bemorlarga duch kelmaganmiz. Shu sababli bu bemorni o‘rganish, tekshirish, davolash maqsadida respublikamizdagi va boshqa davlatlardagi zamonaviy davolash usullarini o‘rganyapmiz.

    Aynan bizning markazimizda bunday holatdagi chaqaloqlarni davolash ishlari bo‘lmagan. Shu sababli barcha mutaxassislarimiz bilan birgalikda bemorni bir necha bor ko‘rikdan o‘tkazdik. Tekshirish natijasini belgilaganmiz. Dunyo tajribasini o‘rganyapmiz. Ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini ko‘ryapmiz. Vazifamiz qanday holatda bo‘lsa ham shu bolani saqlab qolish”, – degan shifokor “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yil sentabrida Ukrainada ikki boshli chaqaloq tug‘ilgan va keyinroq chaqaloqning tug‘ilishiga tashqi omillar ta’sir qilgani, mazkur holatni genetik xato emas, balki ultratovush ta’siri yoki ayrim dorilar iste’moli keltirib chiqargan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Shuningdek, o‘tgan yili Yamanda ham ikki boshli Siam egizaklari dunyoga kelgan, ammo davolanish uchun xorijga yuborilmagan chaqaloq vafot etgandi.

    30.06.2020, 07:47   Izoh (0)   126355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda mast holda 14 yoshli qizni so‘kib, uning otasi va ukasini tosh bilan urgan shaxs ushlandi

    30.06.2020, 06:54

    Toshkent shahridagi bozorlarning dezinfeksiya uchun yopiladigan kunlari ma’lum qilindi

    30.06.2020, 06:22

    Qurilishda korrupsiya va qog‘ozbozlikni tugatishi kutilayotgan “Shaffof qurilish” tizimi haqida ma’lumot berildi

    30.06.2020, 02:33

    Samarqandda 22 yoshli yigit o‘zidan 30 yosh katta mahalladoshini urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

    30.06.2020, 01:32

    Ichki ishlar vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    30.06.2020, 00:31

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni 274 kishida koronavirus aniqlandi. Buxoro va Jizzaxda ilk o‘lim holatlari qayd etildi

    29.06.2020, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.