Dormundning “Borussiya” klubi sobiq futbolchisi Muhammad Zidan o‘z faoliyati va vatandoshi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

Foto: Bundesliga

“O‘zimni Salohdan yaxshiroq ekanligimni aytmaganman. Klopp menga Saloh kabi o‘z ishimga sodiq bo‘lganimda ko‘plab yutuqlarga erishishim mumkinligi haqida gapirgandi.

Yanada ko‘proq narsalarga ega bo‘lishim mumkin edi. Menda ham shunday intilish, maydon va uning tashqarisidagi diqqatni bir joyga jamlay olganimda, balki, Salohdanda yuqoriroq natijalar qayd etgan bo‘lardim.

Faoliyatim mobaynida tizza va belimda muammolar paydo bo‘ldi, ko‘plab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirdim va bu menga ta’sir qildi”, — deydi Zidan.

Misr terma jamoasining sobiq hujumchisi Klopp qo‘l ostidagi “Borussiya D”da 2008—2012-yillar mobaynida to‘p surgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!