“Surxon” klubi bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Superliga 6-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvdan (0:3) so‘ng mutaxassis o‘z arizasiga ko‘ra “Surxon” bosh murabbiyligidan ketgan. Ta’kidlanishicha, Haydarov klub tizimida ishlashda davom etadi.
“Surxon” bir qator murabbiylar bilan muzokara olib bormoqda. Vaqtincha jamoani Vladimir Andreyev shug‘ullantirib turadi.
“Surxon” ortda qolgan 6 turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan holda, 11-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, mutaxassis avvalroq “Neftchi” jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)