Daryo

Ozarbayjon prezidenti ortidan Armaniston bosh vaziri ham Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaslikka qaror qildi

18-iyunda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat sabab Moskvadagi ushbu paradga kela olmasligini bildirgandi

1 daqiqa o‘qish64 250 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Armaniston bosh vazirining matbuot xizmati

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga bora olmasligini ma’lum qildi. U mazkur qarorga kelishiga Armanistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lganini qayd etgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Armaniston bosh vazirining matbuot xizmati

“Men ushbu taklifni katta ehtirom bilan qarshi olgandim va Moskvadagi tantanali tadbirlarda ishtirok etishni maqsad qilgandim. Ammo epidemiologik vaziyat mazkur tashrifni amalga oshirishimga to‘sqinlik qilmoqda”, — deya maktub yozgan Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga.

G‘alab paradi Moskva shahrida 24-iyunda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga xorij davlatlaridan qaysi rahbarlarning kelishi borasida aniq ma’lumot berilmagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 11-iyunda asosan MDH davlatlaridan 12 nafar davlat rahbari tadbirda ishtirok etish istagini bildirganini qayd etgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu paradda ishtirok etishi kutilmoqda.

18-iyunda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat sabab Moskvadagi ushbu paradga kela olmasligini bildirgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik harbiylar Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etadi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar