Daryo

O‘zbekistonlik harbiylar Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etadi

Hozirda harbiy xizmatchilar ishtirokida tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan

1 daqiqa o‘qish96 184 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun 12 davlat, xususan, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ham Moskvaga yetib bordi va ular tayyorgarlik jarayonlarida qatnashmoqda. Bu haqda Rossiya quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni armiya generali Oleg Salyukovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bosh qo‘mondonning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari Moskvaga yetib kelgan. Ularning aksariyati 15-iyun kuni Alabino parad maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan parad 24-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu paradda ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Vladimir Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sabab 9-mayda o‘tishi lozim bo‘lgan G‘alaba paradining o‘tkazilishini kechiktirgan, biroq tadbirlarning qaysi sanada o‘tishiga aniqlik kiritmagandi. Keyinroq Putin paradning 24-iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar