Daryo

Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qildi

Vladimir Putin koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sabab 9-mayda o‘tishi lozim bo‘lgan G‘alaba paradining o‘tkazilishini kechiktirgan edi

1 daqiqa o‘qish79 626 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan va 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Tojikiston prezidenti ijro apparati tomonidan ma’lum qilinishicha, Emomali Rahmon Rossiya prezidenti tomonidan yuborilgan paradda ishtirok etish haqidagi taklifni qabul qilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda Tojikiston prezidentining Moskvaga tashrifi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ustida ish olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Vladimir Putin G‘alaba paradiga MDH tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar yetakchilarini taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sabab 9-mayda o‘tishi lozim bo‘lgan G‘alaba paradining o‘tkazilishini kechiktirgan, biroq tadbirlarning qaysi sanada o‘tishiga aniqlik kiritmagandi. Keyinroq Putin paradning 24-iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar