FIFA Meksikada bo‘lib o‘tgan 1970-yilgi Jahon chempionatining 50 yilligini nishonlamoqda.

Krishtianu Ronaldu

Foto: FIFA

Yubiley munosabati bilan Jahon Kubogining Twitter’dagi sahifasida zamonaviy futbol yulduzlari — hujumchilar Lionel Messi (Argentina), Kilian Mbappe (Fransiya), Neymar (Braziliya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Muhammad Saloh (Misr) va yarim himoyachi Pol Pogbaning (Fransiya) 70-yillarga xos retro ko‘rinishdagi fotosuratlari taqdim etildi.

Pol Pogba

Foto: FIFA

Muhammad Saloh

Foto: FIFA

Neymar

Foto: FIFA

Kilian Mbappe

Foto: FIFA

Lionel Messi

Foto: FIFA

Eslatib o‘tamiz, 1970-yilgi Jahon Kubogida Braziliya terma jamoasi g‘olib bo‘lgan, “pentakampeonlar” musobaqaning final bahsida Italiyani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Uchinchi o‘rin esa Urugvay termasini 1:0 hisobida yenggan Germaniyaga nasib etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!