Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 4-turdan o‘rin olgan voha derbisida “Surxon” o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” klubini qabul qildi.

Foto: PFL

Ikkala jamoa vakillari ham o‘yinni ehtiyotkorlik boshladi va ilk daqiqalardan boshlab to‘p nazoratini qo‘lga kiritishga harakat qildi. Biroq birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘limni tezkorlik bilan boshlagan “Mash’al” jamoasi 48 va 54-daqiqalarda ikki bor “Surxon” darvozasini ishg‘ol etdi. Oradan 4 daqiqa o‘tgach esa burchakdan oshirilgan to‘pni Husniddin G‘ofurov boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni qisqartirdi – 1:2. Tanaffusdan keyingi tezkor gollardan so‘ng xotirjamlikka berilgan “Mash’al”ni zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Sardor Sulaymanov 82-daqiqada jazoladi – 2:2. Shu tariqa Termizda o‘tgan voha derbisida g‘olib nomi aniqlanmadi.

Mazkur natijadan keyin “Mash’al” ochkolarini 5 taga yetkazib, 7-o‘rindagi “Navbahor”ga yetib olgan bo‘lsa, “Surxon” 11-pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Superliga

4-tur bahsi

15-iyun, dushanba

“Surxon” — “Mash’al” 2:2

Gollar: 0:1 – 48 Abdusalomov, 0:2 – 54 Pavlenko, 1:2 – 58 G‘ofurov, 2:2 – 82 Sulaymonov.

“Surxon”: Asilbek Omonov Vladimir Bubanya, Rahmatullo Berdimurodov (Behruz Shaydulov, 59), Husniddin G‘ofurov, Sherzod Karimov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev (Aziz Ibragimov, 59), Jahongir Mehmonov (Xojiakbarov, 75), Darko Stanoyevich, Asror G‘ofurov (Sardor Sulaymonov, 75).

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Sirojiddin Rahmatullayev, Ifeani Ifeani (Najmiddin Normurodov, 78), Nikita Pavlenko, Sherzod Temirov, Ella Ken (Jahongir Abdusalomov, 45), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev, Denis Vasilev.

Ogohlantirishlar: Qo‘ziyev (39), Karimov (73), Bubanya (90+4).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!