Shveysariya matoshunoslik va texnologiyalar federal laboratoriyasi olimlari shaffof tibbiy niqoblar ishlab chiqardi. Niqob yuzni yopib qo‘ymaydi, ularda nafas olish oson, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Gizmodo

Yangi matoning texnologiyasi ustida olimlar ikki yil izlangan. Natijada ular maxsus organik biomassa— polimer tolalarning minglab ultrayupqa iplarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu mato havoni odatiy tibbiy niqob singari filtrdan o‘tkazadi.

Yangi ishlanmaga HelloMasks deb nom berildi.

Foto: Gizmodo

Ekspertlarning fikricha, yangi niqoblar uni taqqan insonni tanishni qiyinlashtirmaydi. Bundan tashqari, shaffof niqoblar eshitishida nuqsoni bo‘lgan bemorlarga ham qo‘l keladi. Ular niqob taqqan shifokorning mimikasini farqlay oladi.

Shifoxonalarga shaffof niqoblar 2021-yilda kirib keladi.