Rossiyalik suratkash bir qancha muddat O‘zbekistonda — Forish qishlog‘ida bo‘lib, o‘zbek to‘ylaridan birining mehmoniga aylangan. Shundan so‘ng suratkash O‘zbekistondagi to‘y jarayonlari haqida Amerikaning Vogue jurnaliga so‘zlab berdi.

Foto: “Afisha.uz”

Olya Shuriginaning ajdodlari o‘zbeklarga kelib taqaladi — uning buvisi Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan va shu yerda modelyer bo‘lib ishlagan.

Shurigina O‘zbekiston bo‘ylab sayohati davomida asrlar va g‘arb an’analari o‘rtasidagi farqni payqadi.

“Ba’zida ko‘chalar bo‘ylab ketayotib erkaklar bir xil va kamtar, ayollar esa doimo yorqin kiyinganini ko‘rardim”, — deya suratkash so‘zlarini keltiradi Vogue.

Foto: Vogue

Olya ishtirok etgan to‘y ikki kun davom etgan va barcha an’analarga rioya qilingan holda o‘tkazilgan. Olya o‘z materialida to‘y jarayonlari haqida so‘zlab bergan: kelinga ko‘ylak olishdan boshlab, to‘yning o‘ziga qadar.

“U juda oppoq edi va Disney malikalarining ko‘ylagini yodga solardi. Makiyaji esa xuddi Kim Kardashyanniki kabi, kipriklari ham”, — deydi Shurigina kelin haqida.

Foto: Vogue

Materialning to‘liq variant bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.