Xitoyning Gonkongdagi xatti-harakatlarini Ikkinchi Jahon urushi davridagi natsist Germaniyasi bilan taqqoslash mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoga tayanib, The Daily Caller gazetasi xabar berdi.

Foto: Reuters

Amerikalik harbiylarning Normandiyaga kirib borganiga 6-iyul kuni 76 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan intervyuda Pompeo AQSh tomonidan Yevropada harbiy operatsiyalar o‘tkazilishiga Germaniyaning Fransiyani egallab olishi sabab bo‘lganini ta’kidladi.

“Hozirda Xitoy Gonkong ustidan nazoratni kuchaytirmoqda, yagona, kuchli hukmron davlatga aylanishga intilmoqda, bu esa qaysidir ma’noda Germaniyaning harakatlariga o‘xshaydi”, — deydi Pompeo.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Kommunistik partiyasi Gonkongda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni joriy etish orqali Buyuk Britaniya bilan kelishilgan bitimni buzmoqda. Bu xuddi “Germaniyaning Yevropani boshqa davlatlariga qarshi qilib qo‘ygan va’dalariga o‘xshaydi”.

Gonkongda may oyidan buyon milliy xavfsizlikka qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Pekin ushbu qonunni Gonkong avtonomiyasiga ham joriy etish niyatida. Qonun loyihasi uchinchi davlatning Gonkong ishlariga aralashishini taqiqlaydi.

Avvalroq Donald Tramp Gonkong erkinligini cheklamoqchi bo‘lgan Xitoyga qarshi kuchli javob qaytarish bilan tahdid qilgandi. Xitoy esa AQShga Gonkong ishiga aralashmaslik borasida tahdid qildi.