• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Uning oldida Valuyev ham mitti odamdek ko‘ringan bo‘lardi. Dunyoning eng baland bo‘yli bokschisi haqida kichik hikoya

    Superog‘ir vazn toifasidagi bokschilarning aksariyati bahaybat sportchilar hisoblanadi. Ushbu toifada bo‘yi ikki metrli aka-uka Klichkolar hukmronligidan so‘ng ularning o‘rnini Deontey Uaylder, Tayson Fyuri va  Entoni Joshua egalladi. Biroq bu yigitlarning barchasi boks tarixidagi eng baland bo‘yli (242 santimetr) sportchi — Gogya Mitu (ma’lumot uchun, rossiyalik sobiq bokschi Nikolay Valuyevning bo‘yi 213 santimetr edi) bilan taqqoslansa, yosh boladay tuyuladi. Quyida aynan Gogyaning bolaligi, professional faoliyati va sirli o‘limi haqida hikoya qilinadi.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Bolalik va yoshlik davrlari

    Gogya Mitu (asl ismi Dumitru Stefanesku) turli manbalarga ko‘ra, Krayovadan (Ruminiya) 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Marshani shahrida 1909, 1912 yoki 1914-yilda tug‘ilgan. U oilada 11 farzandning eng kattasi edi. Bog‘cha yoshida bolaning bo‘yi 180 santimetrga yetgandi, ko‘plab shifokor va olimlarning e’tiborini jalb qilgan patologiya Mituning aqliy qobiliyatlariga aslo ta’sir o‘tkazmagandi. Misol uchun, boshlang‘ich maktabga bora olmagan bo‘lsa-da, u mustaqil ravishda o‘qishni o‘rganar va har doim rivojlanishga intilardi.

    Jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, Mituda gigantizmi orqali iloji boricha ko‘proq pul ishlab olishni niyat qilgan ishbilarmonlar changaliga tushmaslik imkoniyati oz edi. 17 yoshga to‘lganida “ruminiyalik Goliaf” laqabli ulkan yigitning shuhrati butun qit’a bo‘ylab tarqaladi, natijada u Praga sirkidan taklif oladi.

    Ko‘p o‘tmay, Mitu mashhur “Globus” sirkida chiqishlar qila boshlaydi va muxlislarga uning chiqishlari manzur bo‘ladi. Uzoq muddatga sirk artisti bo‘lish Mitu uchun kafolatlangandi. Ammo tez orada uning hayotida boks paydo bo‘ladi.

    Professional faoliyat

    1934-yili Mitu chiqishlarining birida uni italiyalik sobiq bokschi Umberto Lanchia payqab qoladi. Lanchia Mituga sport bilan shug‘ullanishni va karyera qurishda yordam berishni taklif qiladi. Lanchia uning jismoniy imkoniyatlaridan hayratda edi, boisi o‘sha paytda uning bo‘yi allaqachon 242 santimetrga yetib bo‘lgandi (biroq uning bo‘yi borasida boshqa versiyalar ham mavjud – 224 sm, 236 sm, 248 sm va 250 sm). Lanchianing takliflari Mituni qiziqtirib qo‘yadi va u sirkdagi yuqori maoshli ishdan voz kechadi.

    Lanchia uni Parijdagi eng yaxshi boks maktablaridan biriga yuboradi va bir nechta mashg‘ulotlardan so‘ng Gogya Mitu professional ringda o‘z omadini sinab ko‘radi.

    Mitu va uning muvaffaqiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi. Ba’zi manbalarda uning uchta bahsda muddatdan oldin g‘alaba qozongani aytilsa, boshqasida ikkita g‘alaba va bitta durang qayd etilgan. Yana bir manbada esa ruminiyalik bokschining ikki yil ichida to‘qqizta g‘alabani qo‘lga kiritgani ta’kidlangan. Nima bo‘lganda ham, yangi kashf etilgan bokschining karyerasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Hatto u haqida Amerika matbuotida ham yozishadi, okean ortidagi muxlislar esa uning janglarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni xohlaydi. Ammo afsuski, o‘sha paytdagi sirli hodisalar bunga yo‘l qo‘ymadi.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Sirli o‘lim

    Mitu 1936-yilda vafot etadi. O‘limga rasmiy sabab deb sil kasalligi deb ko‘rsatiladi. Aslida nima bo‘lgani haqida turli chalkashliklar mavjud. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Mitu poyezdda Istanbuldan Buxarestga ketayotgan vaqtida kasal bo‘lib qolgan. Boshqasida esa poyezd Parijdan harakatlangan deyiladi. Temiryo‘l versiyasida aytilishicha, Gogya vagon oynasini ochib, yelvizakda shamollab qoladi. Ruminiya poytaxtiga kelgach, u kasalxonaga yotqiziladi. Bir necha kundan keyin esa uning sil kasalligidan vafot etgani ma’lum bo‘ladi.

    Ammo shifokorlarning bunday xulosasi bokschining katta oilasini qoniqtirmaydi. Birinchi ziddiyat shundaki, ular shifoxonaga kelishganida Mituning jasadini yerto‘lada ko‘rishgan, u yana 20 yil davomida saqlashga mo‘ljallanib, mumiyolangandi.

    Ikkinchi ziddiyat – Mituning kindik atrofida ignadan qolgan to‘rtta iz topiladi. Bu marhumning zaharlangan bo‘lishi mumkinligini bildirardi. Keyinchalik Gogyaning jiyani g‘ayrioddiy amakisi g‘araz niyatli kimsalar va mafiya vakillari tomonidan o‘ldirilganini da’vo qilgandi.

    Bundan tashqari, Mituning oilasi unga umuman boks bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lmaganini aytgandi. Boisi bolaligidayoq uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar yurak va o‘pkasi zaif bo‘lgan odamga jang qilish uchun ruxsat berishga haqlari yo‘q. Sport bilan shug‘ullanish gigantning o‘limini tezlashtirgan, xolos.

    Ta’kidlash joizki, ushbu versiyalarning hech biri to‘liq o‘rganilmagan. Dastlab, Mitu ona shahri Marshaniga dafn etiladi, 1980-yilda uning suyak qoldiqlari Krayova universiteti anatomiya kafedrasi iltimosiga binoan, eksgumatsiya (murdani sud-meditsina ekspertizasi uchun go‘rdan olish) qilinadi. Shundan so‘ng u Buxarestga o‘tkaziladi va keyinchalik Krayovaga qaytariladi.

    Hozirgi vaqtda Marshani ko‘chalarining biriga boks tarixidagi eng baland bo‘yli sportchi nomi berilgan.

    Boshqa maqolalar:

    • Ronaldu va Messi davri tugamoqda. Yaqin 10 yillikning bosh yulduzi kim bo‘ladi?
    • 62 yoshida UFC’ning sobiq chempioni bilan jang qilib, 1,5 daqiqa “turib bergan” Vyetnam urushi qatnashchisi Skipp Holl haqida

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    01.06.2020, 20:23   Izoh (0)   116726
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Igalo Xitoyga qaytmaydi. U “Manchester Yunayted”da qoladigan bo‘ldi

    01.06.2020, 19:52

    Dillian Uayt Taysonning katta sportga qaytishi haqida: “Agar u ringda vafot etsa nima bo‘ladi?”

    01.06.2020, 19:34

    Futbol bo‘yicha Superliga bahslari 13-iyundan davom etadi. PFL taqvimni e’lon qildi

    01.06.2020, 19:06

    “Liverpul” Vernerni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini “Barselona” futbolchisiga qaratadi

    01.06.2020, 18:16

    Villi Sanyol: Leroy Sane “Bavariya”ga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi

    01.06.2020, 17:45

    Ronaldu va Messi davri tugamoqda. Yaqin 10 yillikning bosh yulduzi kim bo‘ladi?

    01.06.2020, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.