Nigeriyalik hujumchi Odion Igalo “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilishda davom etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 30 yoshli futbolchining ijara muddati 2021-yilning 31-yanvarigacha uzaytirilgan.
Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” Igaloni qishki transferlar oynasida Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubidan yozga qadar ijaraga olgandi. U ingliz klubi safida jami 8 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 bor samarali uzatma amalga oshirdi.
Uning xitoyliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning dekabr oyiga qadar amal qiladi. Shanxay klubiga kelguniga qadar Igalo “Chanchun Yatay”, “Uotford”, “Granada”, “Udineze” va boshqa jamoalarda to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)