Daryo

“Yandeks” O‘zbekistonda “Google solig‘i” to‘laydigan kompaniyalar qatoriga qo‘shildi

“Yandeks” O‘zbekistonda ko‘rsatilgan raqamli xizmatlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

1 daqiqa o‘qish27 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yandeks”

“Yandeks” O‘zbekistonda ko‘rsatilgan raqamli xizmatlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “Yandeks”

Shveysariyada ro‘yxatga olingan Yandex Europe AG kompaniyasi 28-may kuni ro‘yxatga olingan. Mazkur kompaniya “Yandeks”ning Yevropa bozoriga mo‘ljallangan bo‘lib, 2012-yilda tashkil qilingan. Uning ofisi Lyusern shahrida joylashgan.

Bunga qadar Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, “Booking.com” va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda ko‘rsatilgan raqamli xizmatlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Mamlakatda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat — internet-kompaniyalarning QQS-ofisi yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda “Google solig‘i” belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida raqamli xizmatlar ko‘rsatadigan xorijiy internet-kompaniyalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar