Daryo

Facebook ham O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Mamlakatda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet-kompaniyalarning soni o‘ntadan oshdi

1 daqiqa o‘qish41 746 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi.

Foto: Soeren Stache

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Facebook Technologies Ireland Limited 19-may kuni ro‘yxatga olingan.

2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgandi. Ayni paytda ushbu ro‘yxatga olingan xorijiy internet-kompaniyalarning soni o‘ntadan oshdi.

Xususan, QQS bo‘yicha birinchi to‘lov Google kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro to‘lagandi. Apple esa I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat budjetiga 59,2 ming dollar miqdorida soliq to‘lagandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar