Xiaomi Mi TV Pro lineykasidagi yangi televizorni taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizchina

Mi TV Pro 32 ekrani o‘lchami 32 dyuym. Biroq eski modellardagi 4K o‘rnini Full HD egalladi. Bunday qaror qurilma narxining arzon bo‘lishini ta’minladi.

Televizor XiaoAI ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydi. Mi TV Pro televizor ichiga to‘rt yadroli protsessor va 8 gigabaytli karta o‘rnatilgan. Ovoz ikkita 6 vattli dinamika bilan ta’minlanadi.

Qurilma Bluetooth 4.0 va 2,4 gigagertsli Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Televizorda ikkita USB porti, ikkita HDMI hamda antenna ulash uchun konnektor mavjud.

Hozircha Xiaomi Mi TV Pro faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqarilgan. Uning narxi 899 yuan — 126 AQSh dollari.