Daryo

“Hoy Siri, eshikni och”. Xiaomi “aqlli” qulfni taqdim etdi

Qurilma Homekit’ni qo‘llab-quvvatlagani sabab uni iPhone, iPad, hatto Apple Watch yordamida boshqarsa bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish33 056 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Xiaomi kompaniyasi Smart Lock E nomli “aqlli” qulfni taqdim etdi. Mazkur ixtironi jamoaviy moliyalashtirish bosqichida 126 dollar evaziga xarid qilish mumkin, keyinchalik narxi 140 dollarga qadar ko‘tariladi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Xiaomi Smart Lock E “aqlli” qulfi olti turdagi blokdan chiqarish funksiyasiga ega, jumladan, barmoq izi skaneri, parol, vaqtincha parol, Bluetooth, Homekit va avariya kaliti. U daktiloskopik datchik bilan jihozlangan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi datchik 98,5 foiz aniqlikda ishlaydi.

Qurilma Homekit’ni qo‘llab-quvvatlagani sabab uni iPhone, iPad, hatto Apple Watch yordamida boshqarsa bo‘ladi. Bundan tashqari, qulf ovozli buyruq yordamida ham ishlaydi. Masalan, mehmon kelganda “Hoy Siri, eshikni och” deyish kifoya.

Xiaomi Smart Lock E sakkizta akkumulyator yordamida 18 oyga qadar ishlaydi. Akkumulyator zaryadi 20 foizdan pastga tushsa, qulfdagi qizil yorug‘lik diod lamasi yonib, uni quvvatlantirish lozimligini eslatadi. Qulfning pastki qismida USB-C avariya quvvatlantirish moduli joylashgan.

Mavzuga doir: Xiaomi uxlashga xalaqit bermaydigan va ko‘zlarni asrovchi noyob “aqlli” lampani taqdim etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar