O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @MahmudMuradov

“Bugun men yanada baxtliroq bo‘ldim, suyukli qizim Rumiya hayotimizga kirib keldi. Farzand — bu Olloh Taoloning bandasiga bergan mukofot. Alhamdulillah, endi men chiroyli qizning otasiman. Biz chaqalog‘imizga sevimli onamning — Rumiya ismini berishga qaror qildik. Alloh senga baxtli va uzoq umr bersin. Bu dunyoga xush kelibsan, qizalog‘im”, — deya yozadi Murodov.

Foto: Instagram / @MahmudMuradov

Murodov 2018-yilning dekabr oyidan buyon chexiyalik qo‘shiqchi Monika Bagarova bilan birga. 2019-yil oxirida juftlik farzand kutayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’da harakat qiladigan birinchi va yagona o‘zbekistonlik jangchi hisoblanadi. U shu vaqtda qadar eng nufuzli promoushenda ikkita jang o‘tkazdi. Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Mahmud Murodovning UFC’dagi janglarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!