AQShda yashovchi Aaron Robinsonning Ford Mustang avtomobili “glushitel”iga montaj ko‘pigi quyib, tahdidli xat qoldirishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

“Nihoyat seni topdim. Sen bizning e’tiborimizni jalb etishni xohlading, biroq e’tiborning bunday bo‘lishini sen kutmaganding. Senda boshqa ‘glushitel’ o‘rnatish uchun 14 kun bor, aks holda seni nima kutayotganini tasavvur ham qila olmaysan.  Aminmanki, sen politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishni yoki kuzatuv kameralarini o‘rnatishni istaysan. Biroq bu biz mahrum etilgan xotirjamlik uchun to‘lov bo‘la olmaydi”, — deyiladi maktubda.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Shuningdek, qog‘ozga mahalliy politsiya uchastkasi raqami yozilgan edi. “Biroq politsiyaga murojaat qilish senga yaxshilik olib kelmaydi”, — deyilgan edi maktubda.

Mustang egasi ijtimoiy tarmoqda ushbu xatni e’lon qilgan va albatta, mashinasini ustaga ko‘rsatishini yozib qoldirgan.