Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida AQShga endi ko‘chib kelganlarga qanday maslahat berishini aytdi.

Amerikaga endi kelgan odamga men har doim bir xil maslahat berardim. ‘Boshidagi qiyinchiliklarga chidanglar, nima bo‘lsa ham o‘tib ketadi. Chunki bugungi kundan ertangi kun yaxshiroq, hammasi harakatingizga bog‘liq. Chunki bu yerni sehrli diyor deyishadi. Harakat qilgan odam harakatiga yarasha oladi. Ozgina qiyinchiliklar bo‘ladi, shunga tayyor turinglar’, deb maslahat berardim. Lekin yaqindan beri meni fikrim o‘zgardi. Bilganinglarni qilinglar. Mening ishim yo‘q.

Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor

Sohib Abbosxon uch yildan beri AQShda istiqomat qilmoqda va hozirda biznes bilan shug‘ullanadi. Aktyor “Intervyu TV”ga bergan intervyusida AQShga kelgan dastlabki kunlarida suvoqchilik bilan shug‘ullanganini so‘zlab bergandi.

Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.