Zarafshon shahri yaqinida teplovoz poyezd hamda MAN ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Oltin vodiy” gazetasi xabar qilgan.

Foto: Zarafshon shahar IIB

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 18-may kuni, taxminan, soat 16:50 da fuqaro H.O. boshqaruvidagi MAN yuk tashuvchi avtomashinasi Zarafshon shahri tomon harakatlanib kelayotganda avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 8-sonli temiryo‘l kesishmasidan yo‘l harakati qoidalarini buzib kesib o‘tishi oqibatida temiryo‘l transport boshqarmasiga qarashli teplovoz uni urib yuborgan.

Yo‘l transport hodisasi tufayli MAN haydovchisi H.O. tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. MAN’ga ham, teplovozga ham jiddiy talafot yetgan.

Foto: Zarafshon shahar IIB

Foto: Zarafshon shahar IIB