Jizzax viloyatining Jizzax shahrida 18-may kuni to‘rt mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa soat 15:40 larda Ubaydulla To‘raqulov ko‘chasida yuz bergan. Lacetti haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotganida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Oqibatda Lacetti yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia, Damas va Nexia-3 avtomobillariga urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning holati qoniqarli deb baholangan.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Andijon viloyatining Shahrixon shahrida “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida ikkala mashina saloni yonib ketgandi.
Izoh (0)