Daryo

Sardobaliklar uchun Farg‘ona va Qashqadaryo budjetidan ham mablag‘ ajratildi

Toshqindan jabrlangan sirdaryoliklar uchun ikki viloyat budjetidan 9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan

1 daqiqa o‘qish41 154 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gʻayrat Madrahimov

Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatidan jabrlangan sirdaryoliklar uchun Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyati budjetidan 9 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Foto: Farg’ona viloyati hokimligi

“Daryo”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Azizjon Ermatovning yozishicha, xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tomonidan viloyat mahalliy budjetining daromadlar rejasidan oshirib bajarilgan qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan sardobaliklar uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratish taklifi bildirilgan va kengash qarori bilan tasdiqlangan.

“Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiriga ko‘ra, sardobaliklar uchun viloyat budjetidan 4 milliard so‘m ajratilgan. Bu haqda 4-may kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat kengashining VI chaqiriq oltinchi sessiyasida qaror qabul qilingan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sirdaryoliklar uchun Samarqand viloyati budjetidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar