Jizzax viloyatida kuchli yomg‘irdan keyin kuzatilgan suv toshqini Zomin tumanida opa-ukalarni oqizib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Zomin tumani Shirin qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi opa-uka 2006-yilda tug‘ilgan T.G. va 2011-yilda tug‘ilgan T.F. soydan sel kelishi natijasida oqib ketgan.
Opa-ukaning oziq-ovqat do‘koniga xarid uchun chiqqani aytilmoqda. Ular qishloq hududidan oqib o‘tuvchi soydan o‘tayotgan vaqtda sel kelib oqizib ketgan. T.F.ning jasadi soy bo‘yidan topilgan. T.G. hushsiz holda tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan, biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay kasalxonada vafot etgan.
Avval Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sel kelishi oqibatida o‘nlab qoramolning suvga oqib halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:- Shavkat Mirziyoyev: 2020-yil og‘ir keldi
- Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilgan joyini borib, ko‘zdan kechirdi








