Daryo

FVV: Sardoba suv omboridan suv chiqishi kamaydi

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan

1 daqiqa o‘qish154 884 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: Sardoba suv omboridan suv chiqishi to‘xtadi

Sardoba suv omboridan suv chiqishi hozirda kamaygan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1-may kuni soat 15:23 da e’lon qilgan axborotida ma’lum qildi.

Vazirlikdan ma’lum qilishlaricha, toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

“Hozirda dambadan suv chiqishi kamaygan”, — deyiladi vazirlik axborotida. Ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘onning buzilgan qismidan suv chiqib kelayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda.

Qayd etishlaricha, avariya hududida favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Avvalroq voqea joyiga Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Sirdaryoning suv ostida qolgan mahallalari aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilmoqda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar