Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2017 nafarga yetdi

Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi

1 daqiqa o‘qish121 562 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 30-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 kishiga ko‘payib, 2017 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 29-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2002 nafarni tashkil etayotgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, 1096 nafari esa sog‘aygan.

Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar