Daryo

O‘zbekistonda 9-may kuni qabristonlarga borish mumkinmi? IIV izoh berdi

IIV vakili fuqarolarga vaziyatni to‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga rioya etayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan

1 daqiqa o‘qish234 150 ko‘rishlar0 izoh0

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov joriy yilda 9-may — Xotira va qadrlash kunida qabristonlarni ziyorat qilish masalasini izohlab o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavzuga doir: Hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qildi

Jumladan, G‘iyosov karantin cheklovlari yumshatilib, ushbu turdagi marosimlar va bayram tadbirlariga ruxsat berilishi bilan jamoatchilikka bu haqda zudlik bilan yetkazilishini ma’lum qilgan. Ichki ishlar vazirligi vakili fuqarolarga vaziyatni to‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga rioya etayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari mamlakat aholisini uyda qolishga chaqirdi (video)

Eslatib o‘tamiz, respublika hukumati tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarni karantin talablaridan kelib chiqib vaqtincha cheklash bo‘yicha qarori qabul qilingan. 27-martdan boshlab zaruratsiz ko‘chaga chiqish, ko‘chada va jamoat joylarida uch kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shartligi belgilangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar