Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

L’Equipe nashri Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Foto: L’Equipe

Foto: L’Equipe

Terma jamoaning to‘qqiz nafar futbolchisi JCh—1998 va Yevro—2000 chempionlaridan oldindi. Hozirgi paytda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilardan faqatgina PSJ hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoadan o‘rin olgan. Shuningdek, 1984-yilgi Yevropa chempioni Mishel Platiniga ham joy topilgan.

Terma jamoaning murabbiyi sifatida Fransiyaning ayni damdagi ustozi Didye Desham tanlangan. Shuningdek, Desham ramziy terma jamoaga ham kiritilgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Fabyen Bartez;

Himoyachilar: Biksant Lizarazyu, Marsel Desayi, Loran Blan, Lilian Tyuram;

Yarim himoyachilar: Patrik Viyeyra, Didye Desham, Mishel Platini, Zinedin Zidan;

Hujumchilar: Tyerri Anri, Kilian Mbappe.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)