Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1543 nafarga yetdi

Avvalroq 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1495 taga yetgani xabar qilingan edi

1 daqiqa o‘qish218 186 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryol

O‘zbekistonda 19-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 48 kishiga oshib, 1543 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1495 taga yetgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 214 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar