Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh janubida 13-aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan tornado oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda USA Today.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Avvalroq shtat rasmiylari va mahalliy OAVlar 19 kishi halok bo‘lgani, 10 dan ortiq odam jabrlanganini ma’lum qilgan. Tabiat hodisasi toshqinlar va ko‘chkilarga olib kelgan. Hodisa oqibatida 10 ta shtatdagi 750 ming xonadon elektr energiyasiz qolgan, daraxtlar qulagan, yuzlab uylarga zarar yetgan.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 11 nafari Missisipida, 19 nafari Janubiy Karolinada, 6 nafari Jorjiyada, qolganlari Arkanzas va Shimoliy Karolinada qayd etilgan.

AQSh meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ishbu tornado so‘nggi 8 yilda eng halokatlisi bo‘ldi. 2012-yilning mart oyida AQShning markaziy va janubiy shtatlarini qamrab olgan tornado oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Amerikaning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan, bir necha odam bedarak yo‘qolgan, uylar, binolar vayronaga aylangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?