Gollivudda shunday juftliklar borki ular bitta uchrashuvdan keyin hayotini bog‘lashga qaror qilgan. “People talk” nashri ana shunday mashhurlar haqida ma’lumot berdi.

Keti Holms va Tom Kruz

Foto: “People talk”

Juftlik o‘rtasidagi munosabatlar haqida 2005-yilda mish-mishlar boshlangandi, oradan 7 hafta o‘tar-o‘tmas qizlarning yoqimtoyi bo‘lgan Tom Ketining qo‘lini so‘ragan. Ular 2006-yilda turmush qurgan va Suri ismli qizaloq dunyoga kelgan, ammo hammasi ertaklardagi singari baxtli yakun bilan tugamadi. Tez boshlangan munosabatlar tez nihoyasiga yetdi va 2012-yilda juftlik ajrashishi haqida e’lon qildi.

Britni Spirs va Kevin Federlayn

Foto: “People talk”

2004-yilda, tanishganidan 3 oy o‘tib unashtirilgan Britni va Kevin 2007-yilda munosabatlariga nuqta qo‘yadi. Har juftlik ajralganida bir tomon ko‘proq o‘ziga kelishi qiyin bo‘ladi va bu Britni edi. Oradan bir necha yil o‘tsa ham o‘ziga kela olmagan xonanda sezilarli darajada vazn tashlaydi, narko-qaramlikdan qiynaladi.

Anjelina Joli va Billi Bob Tornton

Foto: “People talk”

Anjelinaning shaxsiy hayotiga nazar tashlab, ko‘p bora sevilgan va munosabatlari uzoq davom etmaydigan aktrisa ekanini bilish mumkin. Ayni damda Bred Pit bilan ajrashgan Gollivud yulduzi, Billi Bob Tornton bilan tanishganidan 2 oy o‘tiboq, unashtirilgandi. Lekin 2003-yilda hammasi tugagan.

Ariana Grande va Pit Devidson

Foto: “People talk”

2019-yilda xitlari bilan Billboard reytingida yetakchilik qilgan Ariana Grande 2018-yilda Pit Devidson bilan ilk uchrashuvidan 1 oy o‘tiboq unashtiriladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay juftlik ajraladi.

Priyanka Chopra va Nik Jonas

Foto: “People talk”

Jonas Brothers guruhining qo‘shiqchisi bo‘lgan Nik 2018-yilda munosabatlari boshlanganidan 2 oy o‘tib Bollivud yulduzi Priyanka Chopraning qo‘lini so‘raydi. Shu yilning kuzida juftlik turmush qurgan.

Jorj Kluni va Amal Alamuddin

Foto: “People talk”

Nima uchundir Jorjning muxlislari bo‘ydoqligicha qolib ketadi deb o‘ylardi. Ammo 2014-yilda Amal bilan 6 oylik tanishuvdan so‘ng turmush qurishni taklif qilgani, mavjud fikrlarni o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi. Ayni vaqtda juftlikning Ella va Aleksandra ismli farzandi bor.

Hloi Kardashyan va Lamar Odom

Foto: “People talk”

Ushbu juftlik o‘rtasidagi munosabatlar yashin tezligida tezlashib ketgan. Ilk uchrashuvdan 1 oy o‘tib unashtirilgan juftlik unashtiruvdan bir necha kun o‘tar-o‘tmas turmush qurgan. Tez boshlangan munosabatlarning oxiri baxayr bo‘lmadi: yulduzlar yuz ko‘rmas bo‘lib ajrashib ketgan.

Riz Uizerspun va Jim Tot

Foto: “People talk”

Juftlik, 2010-yilda do‘stlarining to‘y marosimida tanishadi, bir oy o‘tib unashtiruv, undan ikki oy o‘tib esa Kaliforniyada to‘y qilish haqidagi xabar e’lon qilinadi.

Keyli Kuoko va Rayan Sviting

Foto: “People talk”

Ular 2013-yil tanishganidan 3 oy o‘tib unashtiriladi. Keyinroq turmush qurgan juftlik 2016-yilda ajrashadi.

Kim Kardashyan va Kris Xamfris

Foto: “People talk”

Ilk tanishuvdan 3 oy o‘tib unashtiruv haqida ma’lum qilgan yulduzlar munosabati 72 kun, ya’ni Kardashyan xonim Kanye Uest bilan hayotini bog‘lashni istaguniga qadar davom etadi.

Jastin Bieber va Heyli Bolduin

Foto: “People talk”

2016-yilda munosabatlarini boshlab keyinroq do‘st bo‘lib qolishga kelishgan juftlik 2018-yilda yana topishib oladi. Iyuldagi unashtiruv 18-sentabrdagi to‘y marosimi ular o‘rtasidagi munosabatlarning jiddiy ekanidan darak beradi.

Emili Ratakovski va Sebastyan Bear-Makklard

Foto: “People talk”

Ikki oylik munosabatlardan keyin juftlik unashtiriladi va 2018-yil fevralda turmush quradi.